"Real" Alliga da'vogar

Aslanov Jasurbek
5 may 2016, 16:10
"Real" murabbiylar shtabi "Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alliga qiziqish bildiryapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi bu futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. "Tottenxem"dagilar Allining o'yinidan mamnun va o'yinchi kelasi mavsumda jamoaga yordam beradi deb hisoblashmoqda.

Alli joriy mavsumda Premer-liganing 33 uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tutto Mercato