"RB Leyptsig" fransiyalik futbolchiga ultimatum qo'ydi

10 iyun 2020, 01:14
Bunga nemis klubi sport direktori Oliver Minclaff iqror bo'ldi.

"Dayoning oldiga faqat 2 variant qo'yilgan: jamoani tark etish (transfer yo'li orqali) yoki shartnomani yangilag. U biz uchun juda muhim, o'z poziciyasida eng ko'p ter to'kadigan futbolchilardan biri hisoblanadi. Biz yakuniy xulosaga keldik: Upamekano tekinga qo'yib yuborilmaydi. Klubimiz bunday qilolmaydi", - izohladi Minclaff klubning poziciyasini.

21 yoshli Upamekanoning "RB Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilda yakuniga etadi. So'nggi yangiliklarga qaraganda, iqtidorli futbolchiga "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" qiziqish bildiryapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild