Rays "Manchester Siti" bilan o'yingacha safga qaytadi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023
Deklan Rays tez orada jarohatidan qutuladi.

"Arsenal" yarim himoyachisi "Tottenxem"ga (2:2) qarshi APL 6-tur uchrashuvi tanaffusida almashtirildi. Keyinroq Mikel Arteta futbolchini belidagi jarohat tufayli almashtirganini aytdi.

Xabar qilinishicha, Rays jiddiy jarohatdan qutulib qolgan, ammo Liga Kubogi doirasidagi "Brentford"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Deklan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda maydonga qaytadi. APL 8-turidan o'rin olgan uchrashuv 8 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports