Rays faoliyatini "Arsenal"da davom ettirmoqchi

Alisher Ostonov
22 yanv 2023, 13:05
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays yozda "Arsenal"ga o'tishga intilmoqda.

O'yinchining xohishiga London jamoasining joriy mavsumdagi ajoyib ishtiroki sababdir. Xavbek shuningdek "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta unga yuqori darajadagi o'yinchiga aylanishda yordam beradi deb hisoblamoqda.

Raysning "bolg'a urarlar" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va futbolchi yangi kelishuvga imzo chekishni rejalashtirmayapti.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum "Vest Xem" safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 80 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Guardian