

"19 yoshida u kabi o'yin ko'rsatgan futbolchilarni ko'p ko'rmaymiz. Dunyoning ko'plab yosh futbolchilarining o'yinlarini kuzatib boraman. Deyarli barcha sifatlarga ega bo'lish - oson emas. Menimcha u buni tushunib ham turibdi.
Jud bilan birga o'ynaganimda, shunday deyman: "Sen boraver, bemalol hujum qil. Men ortingdan himoya qilib turaman". Bu bizda anchagina yaxshi shakllanib qolgan, u bilan o'ynash maroqli. Umid qilamanki, Jud rivojlanishda davom etadi. U yaqin 15 yil davomida Angliya futboli yulduzi bo'ladi", - dedi Rays.


