Rays "Arsenal"ga o'tishga tayyor, "Bavariya" yarim himoyachi transferidan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2023, 10:45
Myunxenliklar futbolchining narxi doimiy ravishda oshib borayotgani sababli muzokaralardan voz kechdi.

"Kanonirlar" futbolchi uchun 100 million funt sterling berishga tayyor ekani xabar qilingandi. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchiga jamoada muhim rolni vada qilmoqda. Rays klub tarixidagi eng qimmat transfer bo'ladi.

Avvalroq futbolchini nishonga olgan "Bavariya" bu transferni rad etdi. Rays nemis klubiga o'tishga tayyor edi, ammo myunxenliklar futbolchining narxi doimiy ravishda oshib borayotganidan qoniqmadi.

Raysning "Vest Xem" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 24 yoshli xavbek joriy mavsum "bolg'achilar" safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rays jamoa bilan birgalikda Konferenciya Ligasi g'olibiga aylandi, finalda "Vest Xem" "Fiorentina"ni mag'lub etdi (2:1).

"Arsenal" joriy mavsumda APLda ikkinchi, "Vest Xem" esa 14-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London