

Avvalroq Zlatan Ibragimovichning “Boka Xuniors” klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ammo futbolchining agenti bu haqdagi ma'lumotlarni rad etdi.
“Men hech qachon Ibragimovichni “Boka Xuniors”ga taklif qilmaganman. Mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar”, - deya yozadi Mino Rayola.
Ma'lumot uchun, Zlatan joriy mavsum MLS’da 27 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berishga ulgurdi.



