Rayan Giggz: "Beyl "Real"da baxtli"

Tolibjon Qosimov
28 fev 2018, 20:04
Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz "Real" vingeri Garet Beyl haqida gapirib o'tdi.

"Men uning kelajagi bilan havotirga tushmayapman, u ajoyib jamoada o'ynaydi. Top-klubda o'ynar ekansan, seni doimo diqqat bilan kuzatishadi. Men yaqindagina u bilan suhbatlashdim va u baxtli ekanligi ko'rinib turgan edi.

Garet yaxshi formada, maydonda yaxshi namoyon bo'lmoqda. PSJ bilan bahsda u o'yinga yaxshi kirishdi. Uelsda hamma Beylning qanchalik muhim ekanligini tushunadi.

U har doim terma jamoada o'ynashdan xursand. Jamoamizda ajoyib muhit hukm suradi", - dedi Giggz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com