Raxim Sterling: "Gvardiola meni o'ldiradi deb o'ylaganman"

Tolibjon Qosimov
27 mar 2018
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Raxim Sterling jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ishlash haqida gapirib o'tdi.

"Pep sendan norozi bo'lsa, buni aytadi. Eslayman, bir safar "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda to'pni uch marta yo'qotganman. O'shanda Gvardiola kiyinish xonasida meni o'ldiradi va men mavsum oxirigacha ham o'ynamayman deb o'ylaganman.

Bunday murabbiylar qayerda nohaq ekanligingni aytib, ichingdagi bor qobiliyatingni ko'rsatib beradi. Oldin men dribling ishlatayotganimda oyog'imni tashqi tomonidan ko'p foydalanardim, lekin bu narsa to'pni sekinlashtirardi.

U senga xatolaringni ko'rsatadi, gavdani qanday qilib to'g'ri ishlatish mumkin, o'yin tempini qanday qo'llash mumkin, yana ko'plab mayda detallarni o'rgatadi", - dedi Sterling.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com