Raul: Zidan, Ronaldo, Krishtianu, Figu bilan o'ynadim, lekin Messi – eng zo'ri

Narzulla Saydullayev
1 may 2015, 09:01
Real sobiq hujumchisi Raul kimlarni eng yaxshi futbolchi deb hisoblashini ma'lum qildi.
Eng yaxshi himoyachi – Paolo Maldini. Kuchli va aqlli futbolchi, unga qarshi o'ynash juda og'ir edi. Butun tarix davomidagi eng yaxshilardan biri. Uning o'yinga bo'lgan qarashi butkul o'zgacha edi.

Eng yaxshi darvozabon – Oliver Kan. Chempionlar ligasidagi duellarda unga qarshi qiyin o'yinlar bo'lgan.

Eng yaxshi futbolchi – Lionel Messi. Menga Zidan, Ronaldo, Figu, Krishtianu bilan o'ynash nasib qildi, ammo Messi butkul boshqacha. U oddiy harakatlar bilan qilib bo'lmaydigan ishlarni amalga oshiradi.

Biroq Roberto Bajo va Rayan Giggzni ham unutmaylik, – deydi Raul.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru