

Real, Shalke, Al-Sadd va Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi oxirgi o'yinini noyabr oyida o'tkazadi.
Qarorim – mavsum oxirida futbolchilikni tugatish. Hozircha bor e'tiborim klub bilan chempion bo'lishga qaratilgan. Keyingi oyda kelajagim haqida o'ylab olaman, – deydi Raul.
Real safida Raul 6 marta Ispaniya chempioni bo'lgan, uch marta Chempionlar ligasida, to'rt marta Ispaniya Superkubogida va bir marta UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.



