Rasul Payzov "Andijon"da ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2014, 12:25
"Andijon" o'z tarkibini tojikistonlik futbolchi bilan kuchaytirib olishi mumkin.
Sergey Shevchenko davralar oralig'ida raqobatni oshirish uchun bir qator o'yinchilarni sinovdan o'tkazmoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda klub rasmiylari Tojikiston futbol federatsiyasiga Rasul Payzov haqida xat yuborgan.

Buni TFF ham tasdiqladi. Aytishlaricha 22 yoshli futbolchi Rasul Payzov Tojikistonning o'sib kelayotgan iqtidorli futbolchilaridan sanaladi. Bu futbolchini burgutlarning sobiq o'yinchisi Tohir Mo'minov tavsiya qilgan. O'z vaqtida Shevchenko qo'li ostida o'ynagan taniqli sobiq futbolchi Mo'minov ustozining yana "Andijon"da ish boshlaganidan xabar topib, u bilan aloqaga chiqqan. Shunda Tohir Mo'minov mahalliy futbolchilardan Rasul Payzovni sinab ko'rish taklifini bildirgan.

Shu bois 22 yoshli yarim himoyachi yaqin kunlar mobaynida "Andijon" qarorgohiga yetib keladi va ko'rikdan o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia