Rasmiy xabar. Xurshid G'iyosov Janubiy Koreya klubiga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2020, 11:24
Janubiy Koreyaning "Anyang" klubi o'zbekistonlik yarim himoyachi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi.

Ushbu klub Janubiy Koreya K2 ligasida ishtirok etadi.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi mavsumda Xurshid G'iyosov Superligada 25ta o'yinda maydonga tushib 12ta gol (7tasi penaltidan) urdi.

Eslatib o'tamiz, bundan tashqari Koreaya K-League (Koreya Oliy ligasi) sida to'rt nafar hamyurtimiz, aniqrog'i Jamshid Iskanderov, Ikrom Aliboev, Doston Tursunov va Rustam Ashurmatovlar harakat qilishadi.

Xurshid G'iyosov Janubiy Koreya klubiga o'tishga yaqin         

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia