

"Bolonya" Tiago Motta bosh murabbiy etib tayinlanganini e'lon qildi. Shartnoma ikki yilga tuzilgan. Motta bosh murabbiylik o'rnida o'tgan hafta ishdan bo'shatilgan Sinisha Mixaylovich o'rnini egalladi.
Avvaliga Klaudio Raneri "Bolonya"ning yangi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkinligi aytilgandi. Mottaning avvalgi ish joyi "Speciya" bo'lib, u yerda ukrainalik Viktor Kovalenko bilan birga ishlagan.



