Rasmiy xabar: Shohruz Norxonov "Neftchi"ga o'tdi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2023
Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi.

 O'tgan mavsumda "Navbahor" va "Buxoro" tarkibida to'p tepgan tajribali hujumchi Shoxruz Norxonov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot o'rnida, Norxonov o'tgan mavsumda Superliga musobaqsida jami 25 uchrashuvda maydonga tushgan va 3ta gol urdi.

Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada g'ayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak cho'qqilarga ko'tarishga munosib hissa qo'shishiga ishonamiz", - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати