Rasmiy xabar: Rustam Ashurmatov - "Kanvon" futbolchisi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2021
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov kutilganidek "Kanvon" klubiga ko'chib o'tdi.

Bugun "Kanvon" o'zbekistonlik futbolchini rasman tanishtirdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Hamyurtimiz yangi klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.

"Kanvon" klubi 2008 yilda tashkil topgan, o'z uy o'yinlarini 20000 tomoshabinga mo'ljallangan "Chunchon Songam" stadionida o'tkazadi. 2020 yilgi mavsumda klub K1 Ligada 7-o'rinni egalladi.


[instagram]

 [/instagram]


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia