Rasmiy xabar: Ronaldu "Yuventus" bilan 4 yillik shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2018, 00:36
Yuventus Krishtianu Ronalduning transferini rasman e'lon qildi.

Ushbu transfer 112 million evroga teng bo'ldi.  

– 100 mln Realga.

– 5 million – FIFA qoidasiga ko'ra uni tarbiya qilgan klubga beriladi (Transfer pulining 5 foizi 12-23 yoshida o'ynagan klublarga beriladi).

– Qolgan 7 million – transferni rasmiylashtirishga ketadigan mablag'lar.

Portugaliyalik futbolchi Turin klubi bilan 4 yillik shartnoma tuzdi. Uning maoshi yiliga 31 mln evroga teng bo'lishi aytilgandi.

Ronaldu Realda 2009 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Madrid klubida u 438ta o'yin o'tkazib 451ta gol urdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: juventus.com