Rasmiy xabar: "Real" Kuboni ijaraga berdi

Madridning "Real" klubi Takefusa Kuboni "Xetafe"ga ijaraga berib yubordi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. Ijara shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Yaponiyalik yarim himoyachi mavsumning birinchi qismini "Vilyarreal"da o'tkazgan edi.

Eslatib o'tamiz, Kubo "Real" tarkibiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. 19 yoshli futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.


Manba: