Rasmiy xabar: MYU Benfika bilan Lindelef borasida kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2017, 08:33
Benfika himoyachisi Viktor Lindelef faoliyatini Manchester Yunaytedda davom ettiramiz.

Angliya klubi 22 yoshli futbolchi borasida kelishuvga erishib bo'ldi.

Endi shved yangi klubi safida ko'rikdan o'tishi va MYU bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishishi kerak.

Oldinroq Lindelef Yunaytedga 30 million funt evaziga ko'chib o'tishi aytilgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manutd.com