Rasmiy xabar: Mikael Sekeyra "Lokomotiv"dan ketdi

Mirjalol Normatov
24 noya 2021
Ushbu mavsum "temiryo'lchilar"ni boshqargan Mikael Sekeyra "Lokomotiv" PFK bilan o'zaro kelishgan holda jamoani tark etdi.

Portugaliyalik mutaxassis bugun tunda o'z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Mikael Sekeyra vataniga kyetish oldidan jamoa a'zolarini bir joyga yig'ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.

O'z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy shaniga iliq fikrlar aytib, yakuniga etayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. "Lokomotiv" PFK Mikael Sekeyraga o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати