Rasmiy xabar: Yevropada JCH-2022 saralash bahslari qachon bo'lib o'tishi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
24 sen 2020, 20:50
UEFA Yevropa termalari uchun 2022 yil Qatarda o'tkaziladigan mundialning saralash bahslari uchun yangi taqvimni tasdiqladi.

Tashkilot matbuot xizmatining xabariga ko'ra, kvalifikaciya o'yinlari 2021 yil 24 martidan 16 noyabrigacha bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, qo'shimcha o'rinlar uchun pley-off o'yinlari 2022 yilning mart oyiga belgilandi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi 2020 yilning 29 noyabrida o'tkaziladi. Yevropa terma jamoalari 10 guruhga ajratiladi. Guruh g'oliblari to'g'ridan-to'g'ri musobaqaning final qismiga yo'l oladi. 2-o'rinni egallagan jamoalar hamda Millatlar Ligasining eng yaxshi ikki jamoasi bilan musobaqaning qolgan uch yo'llanmasi uchun kurashadi.

Qatardagi mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA