Rasmiy xabar: "Barselona" - "Las Palmas" uchrashuvi bugun bo'ladi
Narzulla Saydullayev
1 okt 2017, 19:02
Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona" - "Las Palmas" uchrashuvi qoldirilmaydi.
Uchrashuv Kataloniyadagi referendum tufayli qoldirilishi kutilgandi. Ammo "Barselona" mazkur bahs bugun bo'lib o'tishini, faqat stadionga muxlislar kiritilmasligini ma'lum qildi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.