Rasmiy xabar: Rinat Bilyaletdinov "Rubin" bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
10 yanv 2014, 13:11
Qozonning "Rubin" klubida Rinat Bilyaletdinov ish boshladi.
Tan olishim kerak "Rubin"ning taklifini kutmagandim. Klubda rahbariyat o'zgarganidan so'ng xabarlarni kuzatib bordim.

Qozondan taklif tushganida to'g'risi ajablandim. Bu jiddiy taklif. Bazilar bunday taklifni butun umr kutishadi, – deydi Bilyaletdinov "Rubin" klubi rasmiy TV kanaliga.

Oldinroq Bilyaletdinov 11 yanvar kuni boshlanadigan "Rubin"ning dastlabki yig'inida ishlashi haqida xabarlar chiqqandi. Ammo bosh murabbiy sifatida xorijlik mutaxassis klubga kelishi aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, ko'p yillar davomida "Rubin"da ishlagan Qurbon Berdiev dekabr oyida rahbariyat tomonidan iste'foga chiqarilgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru