Rasman: Zoir Jo'raboev - "Neftchi" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
5 yanv 2023, 21:51
"Neftchi" matbuot xizmati himoyachi Zoir Jo'raboevning jamoaga ko'chib o'tganini ma'lum qildi.

"Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Tojikiston milliy terma jamoasi himoyachisi Zoir Jo'raboev bugun "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning himoya qo'rg'onida harakat qiladigan bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Zoir Jo'raboev o'tgan mavsumni Termizning “Surxon” klubida o'tkazdi. Himoyachi Superliga musobaqasida jami 16 uchrashuvda 932 daqiqa  harakat qilib, 1 gol urishni uddasidan chiqdi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати