Rasman: Zidanning katta o'g'li kelasi mavsumni yangi jamoada boshlaydi

Eldor Akmurzayev
15 iyul 2019, 22:25
Shveytsariyaning Lozanna klubi bilan shartnomasi yakunlangan yarim himoyachi Enco Zidan faoliyatini Portugaliyaning Avesh jamoasida davom ettiradigan bo'ldi.

Tomonlar 2021 yilga qadar kelishuvga erishgan. Avesh yakunlangan mavsum Primeyra-ligani 36 ochko bilan 14 o'rinda yakunlagandi.

24 yoshli xavbek o'tgan mavsumni ijara asosida Segunda vakili Rayo Maxadaondada o'tkazib, 34 o'yinda 1 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/cdaves1930