Rasman: "Yuventus" Milikni to'liq sotib oldi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 12:41
Futbolchi doimiy asosda Turin klubida qoldi.

"Yuventus" o'zining rasmiy saytida "Marsel"dan hujumchi Arkadiush Milik sotib olinganini e'lon qildi. Futbolchi bilan 2026 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolandi.

Turinliklar fransiyaliklarga 6,3 million evro to'laydi. Yana 1,1 million bonus sifatida berilishi mumkin.

29 yoshli hujumchi o'tgan mavsumni "byankoneri"da ijara asosida o'tkazdi. Polshalik forvard Turin klubi safida 39 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: juventus.com