Rasman: "Udineze" bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2023, 17:22
"Udineze" bosh murabbiyi Andrea Sottil klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqida klub matbuot xizmati e'lon qildi.

49 yoshli mutaxassisning yangi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi. U "Udineze" bilan 2022 yil iyun oyidan buyon ishlamoqda. Andrea 1999 - 2003 yillar oralig'ida ushbu jamoa sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Удинезе матбуот хизмати