Rasman: Turkiyalik 19 yoshli futbolchi "Shalke"ga o'tdi

Alisher
1 iyul 2019, 11:37
Himoyachi Ozan Kabak "Shalke"ga o'tdi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi. U oldinroq "Shtutgart"da o'ynagan.

- Biz o'z tarkibimizga Yevropaning eng istedodli futbolchilaridan birini qo'shib olganimizdan mamnunmiz. Taniqli klublarning takliflariga qaramay, Ozan Kabak "Shalke"ga o'tishni maqul topdi, - deydi sport direktori Yoxen Shnayder. - Men bosh murabbiy David Vagner va texnik direktor Mixael Reshkelarni Ozan "Shalke"ga o'tishi to'g'ri qadam deb hisoblagani bilan tabriklayman.

19 yoshli Kabak shu yil yanvar oyida "Galatasaroy"dan "Shtutgart"ga o'tgan edi. U jamoasi tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/s04