Rasman: "Tottenxem" ilk transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
11 avg 2020, 22:23
"Tottenxem" matbuot xizmati klubning yozgi transferlar oynasi vaqtidagi ilk transferini e'lon qildi.

O'tgan mavsumlarda "Sautgempton" tarkibida o'ynagan Per-Emil Xeyberg endilikda "shporlar" a'zosiga aylandi. 25 yoshli futbolchi London klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. U jamoada 5-raqamli libosda harakat qiladi.

Oldinroq daniyalik futbolchining transfer narxi 15 mln evro bo'lishi aytilgandi. Shuningdek, "Tottenxem" Kayl Uoker-Pitersning "Sautgempton"ga transfer qilinganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/spurs