Rasman: "Tottenxem" hujumchisi boshqa klubga o'tdi

Alisher
24 iyul 2019, 11:09
"Tottenxem" Meksikaning "Monterrey" klubi bilan Vinsent Yanssen borasida kelishib oldi.

Bu haqda "shporlar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.

25 yoshli gollandiyalik futbolchi ingliz klubiga 2016 yilda kelib qo'shilgan edi.

Yanssen yakunlangan mavsum "Tottenxem" safida atigi 3ta o'yinda maydonga tushdi. transfermarkt.de forvardni 8 million evroga baholamoqda.

Futbolchi "Feyenoord" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017-2018 yillar mobaynida "Fenerbaxche"da ijara asosida harakat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial