Rasman: Tomas Tuxel mavsum oxirida "Bavariya"ni tark etadi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 15:02
Oxirgi paytlarda "Bavariya" jamoasi omadsizliklar girdobiga kirib qoldi.

Myunxenliklar Germaniya kubogidan erta chiqib ketishdi, Superkubokda mag'lub bo'lishdi, Bundesligada "Bayer"dan 8 ochko ortda qolmoqda, YCHLda "Lacio"ga safarda yutqazdi.

Biroz avval "Bavariya" matbuot xizmati bosh murabbiy bilan hamkorlik 2025 yilning 30 iyunida emas, 2024 yilning 30iyunida to'xtatilishini e'lon qildi. Bunday qarorga klub bosh direktori Yan-Kristian Drizen hamda Tomas Tuxel o'rtasidagi suhbatdan so'ng kelingan.


Tomas Tuxel 2023 yilning mart oyida Yulian Nagelsmanni almashtirgan va 2 oydan ko'proq vaqt o'tib Bundesligada chempion bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com