Rasman: Teo Uolkott “Everton”ga o'tdi

17 yanv 2018, 23:12
Mersisaydliklar “Arsenal”dan Teoni sotib olganini e'lon qildi. Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra, Uolkott jamoaga 20 million funtdan ko'proq mablag' evaziga o'tdi.

28 yoshli Teo “Everton” bilan 3,5 yillik shartnoma tuzdi.

Eslatib o'tamiz Uolkott London klubi safida 12 yilni o'tkazdi. U klub safida 397 o'yinda maydonga tushib, 108 ta gol urishga erishdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: “Эвертон” расмий сайти