Rasman: “Sevilya” – “Roma” hamda “Inter” – “Xetafe” bahslari ertaga o'tkazilmaydi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2020, 21:00
Bu haqda UEFA xabar beradi.

Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida ertaga bo'lib o'tishi kerak bo'lgan ikki o'yin bekor qilingan.

“Kecha Ispaniya hukumati tomonidan Ispaniya va Italiya o'rtasidagi parvozlar cheklovi o'rnatilgani sababli, “Sevilya” – “Roma” hamda “Inter” – “Xetafe” uchrashuvlari belgilangan sanada o'tkazilmaydi. Ular 12 mart kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Ushbu ikki bahsga taaluqli bo'lgan qaror yaqin kunlarda qabul qilinadi”, deya yozilgan tashkilot rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA