Rasman: Sardor Mirzaev – OKMK futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023
So'nggi uch yarim yilni Tailandning "Muangtong Yunayted" klubida o'tkazgan, mahoratli hujumkor yarim himoyachi Sardor Mirzaev OKMK futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Sardor Mirzaev o'z vaqtida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan O'zbekiston chempionati va O'zbekiston Kubogida sovringa ega chiqqan futbolchi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Neftchi" (Farg'ona), "Lokomotiv" (Toshkent) va "Muangtong Yunayted" (Tailand) jamoalarida to'p tepgan. 

Sardor Mirzaev o'tgan mavsum "Muangton Yunayted" safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta to'p kiritgan hamda sheriklariga 5 ta golli pas uzatgan. Butun faoliyati davomida esa futbolchi 244 ta uchrashuvda 63 ta gol urgan va 27 ta golli uzatma bergan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати