Rasman: "Paxtakor" Dragan Cheran transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2018
Serbiyalik futbolchi Dragan Cheran "Paxtakor"ning yozgi transfer davridagi birinchi yangi o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Yodingizda bo'lsa bundan ikki hafta oldin saytimiz orqali ushbu transfer amalga oshgani haqida ma'lum qilgan edik.

"31 yoshli futbolchi ikki yildan buyon O'zbekistonda faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.  U bugun "Paxtakor" bilan bir yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Cheran faoliyati mobaynida Serbiya, Belgiya, Isroil, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va Makedoniya chempionatlarida ham to'p tepgan.

"Paxtakor"ga xush kelibsan, Dragan!, -  deyiladi klub rasmiy saytida berilgan xabarda.

Dragan Cheran

Tug'ilgan sanasi: 6 oktyabr, 1987 yil

O'ynagan jamoalari:

2004-10 "Smederevo" Serbiya 129 o'yin, 18 gol
2006 "Jeleznichar" Serbiya 6 o'yin, 4 gol
2007-08 "Mladi Radnik" Serbiya 12 o'yin, 10 gol
2009-10 "Vesterlo" Belgiya 3 o'yin
2011-12 "Xapoel" Isroil 10 o'yin
2012-13 "Makkabi" Isroil 24 o'yin, 7 gol
2013-15 "Semurg'" Ozarbayjon 57 o'yin, 27 gol
2015 "Xajir" Saudiya Arabistoni 13 o'yin, 2 gol
2016 "Vardar" Makedoniya 12 o'yin, 5 gol
2016-18 "Nasaf" O'zbekiston 48 o'yin, 34 gol


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia