Rasman: O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo Kubogiga chiqdi!

Sherzod Nurmatov
9 sen 2025, 17:16
Ravshan Haydarov qo'l ostidagi terma jamoa sal oldin Falastin ustidan g'alabaga erishdi (2:1).

Shunday qilib, O'zbekiston 7 ochko bilan guruhda peshqadam bo'lib turibdi. To'plar farqi +5 ko'rinishini olgan. Biz bilan bir xil ochko to'plagan Qirg'izistonda esa to'plar +1 holatida. Mezbonlar bugun soat 19:00 da Shri-Lanka bilan o'ynaydi. Bu o'yin natijasidan qati nazar O'zbekiston ikkinchi o'rin bilan bo'lsa-da, Osiyo Kubogi yo'llanmasiga ega chiqdi. Sababi reglamentga ko'ra, keyingi bosqichga guruh g'oliblari va eng yaxshi 4 ta ikkinchi o'rin egalari yo'llanmani qo'lga kiritadi. 

Boshqa guruhdagi ehtimoliy eng yaxshi ikkinchi pog'ona egalari jadvalda O'zbekistondan o'tib ketolmaydi.

Ma'lumot uchun, Osiyo Kubogi final bosqichi Saudiya Arabistonida 2026 yilning 7 yanvaridan 25 yanvarigacha o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia