Rasman: "Olimpik" tarkibiga 9 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2023, 20:22
Superliga klublari 2-davra oldidan tarkibni shakllantirish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, yozgi transfer oynasida "Olimpik" jamoasi safiga 9 nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bular:

1. Shahzod Akramov ("Nasaf", ijara)

2. Javohir Utamurodov ("Nasaf", ijara)

3. Eldor Begimov (OKMK, ijara)

4. Edem Nemanov ("Chig'atoy", ijara)

5. Saidafzalxon Axrorov ("Turon", ijara)

6. Sherzod Esanov ("Andijon", ijara)

7. Aleksandr Zevadinov ("Bunyodkor", ijara)

8. Faxriddin Muhammadov ("Neftchi", ijara)

9. Rian Islomov ("Metallurg", shartnoma)

Yuqoridagi futbolchilar bugun "Olimpik" tarkibida birinchi mashg'ulotni o'tkazishdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Олимпик" матбуот хизмати