RASMAN: "Nyukasl" yozgi transfer oynasidagi ikkinchi xaridini amalga oshirdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 15:40
Angliya Premer-ligasiga qaytgan "Nyukasl" ispan klubidan futbolchi sotib oldi.

Ingliz klubining navbatdagi nishoni "Eyber" himoyachisi Florian Lejen bo'ldi. "Nyukasl" hamda Lejen o'rtasidagi bitim 5 yilga mo'ljallangan. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchi uchun "Eybar"ga 8,7 mln. funt to'lagan.

"Jamoani Rafael Benitesdek mutaxassis boshqarsa, klubga kelganingdan xursand bo'lasan" - deydi fransiyalik.

Lejen so'nggi mavsum LaLiganing 33 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

Oldinroq "Nyukasl" Kristian Atsuni o'z safiga qo'shib olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia