Rasman: "Navbahor" sobiq murabbiyi AGMKda ish boshladi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023
Aleksandr Stoymirovich AGMK jamoasi jismoniy tayyorgalik bo'yicha murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.



"Neftchi" va "Navbahor" jamoalarida jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan serbiyalik Aleksandr Stoymirovich AGMK jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida serbiyalik mutaxassis Olmaliq klubida Mirjalol Qosimovga ko'maklashashi haqida xabar bergan edik. Ushbu xabar bugun o'z tasdig'ini topdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати