Eshitdik-da! "Navbahor"da ishlagan mutaxassis AGMK murabbiylar shtabiga qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
21 dek 2022, 15:56
Superliga jamoalari yangi mavsumga taraddudni olib borayotganidan xabaringiz bor.

Qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlagan AGMK murabbiylar shtabida xorijlik mutaxassis ish boshladi.

"Neftchi" va "Navbahor" jamoalarida jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan serbiyalik Aleksandr Stoymirovich Olmaliq shahri klubida Mirjalol Qosimovga ko'maklashadi. 


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia