Rasman: "Navbahor" Norxonov transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023, 14:21
Namangan klubi o'z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to'ldirishda davom etmoqda.

Bugun jamoa safiga tajribali hujumchi Shohruz Norxonov qo'shildi.



Shohruz Norxonov 1993 yil 13 aprelda Toshkent shahrida tug'ilgan. 

Katta futboldagi faoliyatini 2012 yil Toshkentning "Oq-tepa"sida boshlab jamoada 2013 yilning yakunigacha to'p tepdi. Keyin esa "Istiqlol" (Toshkent, 2014 yil), "Obod" (Toshkent, 2015-2016 yillar), "Bunyodkor" (Toshkent, 2017 yil) klublarida o'ynagan. 

2018 yildan o'tgan mavsum yakuniga qadar "So'g'diyona" jamoasida to'p tepgan.  Tajribali hujumchi 2018-2022 yillar davomida jizzaxliklar tarkibida Coca Cola Superligada  121 ta o'yinda maydonga tushib, 10016 daqiqa to'p tepgan holda, 44 ta golga mualliflik qilgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

O'tgan mavsum "So'g'diyona" tarkibida Superliga bahslarida  25 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan hamda 4 ta golga hammualiflik qilgan.       

Eslatib o'tamiz, avvalroq Norxonov "Navbahor" tarkibiga qo'shilgani haqida ma'lumot taqdim etgan edik. Bugun esa mazkur xabar o'z tasdig'ini topdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати