Rasman: Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
7 apr 2020, 14:12
Hujumchi Tomas Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Nemis klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, Myullerning "Bavariya" bilan imzolagan yangi shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi.

Myuller - "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U myunxenliklarning asosiy jamoasida 2007 yildan beri o'ynab kelmoqda.

30 yoshli forvard joriy mavsum "Bavariya" safida Bundesligada 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 16ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern