

“Gannover” hujumchisi faoliyatini “Verder”da davom ettiradigan bo'ldi. Klub Harnik bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Yakuniga etgan mavsumda Martin Bundesliganing 30 ta o'yinida 9 ta gol urishga erishdi. “Verder” Harnik uchun begona emas. U klub safida 2007 yildan 2010 yilgacha faoliyat olib borgan.



