Rasman: Marko Asensio – PSJ futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
6 iyul 2023
Ispaniyalik futbolchi Marko Asensio PSJ a'zosiga aylandi.

Erkin agent sifatida "Real"ni tark etgan yarim himoyachi Parij klubi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Avvalroq jurnalist Fabris Xokins futbolchi dushanba kuni tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tganini ma'lum qilgandi.

27 yoshli Asensio o'tgan mavsum La Ligada 31 ta o'yinda 9 ta gol urgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr