Rasman: "Manchester Siti"ning sobiq a'zosi faoliyatini LaLigada davom ettiradi

Eldor Akmurzayev
13 iyul 2019, 00:20
Galatasaroy yarim himoyachsi Fernando Rejes faoliyatini Sevilya klubida davom ettiradi.

Tomonlar 2022 yilning yoziga qadar kelishgan bo'lib, futbolchining transfer summasi oshkor etilmagan. 

Braziliyalik xavbek Turkiya jamoasidan tashqari, Braziliyaning – Vila-Nova; Portugaliyaning – Portu, Eshtrela; Angliyaning – Manchester Siti klublari safida harakat qilgan. 

U o'tgan mavsum Turkiya Superligasida 22 bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 2 bora ishg'ol etgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/SevillaFC