Rasman: Luis Dias – "Bavariya" futbolchisi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2025, 14:10
"Liverpul" vingeri Luis Dias rasman "Bavariya"ga o'tdi.

Transfer summasi 70 million evroga baholanmoqda va yangi klub bilan shartnoma 4 yilga tuzilgan.

28 yoshli Dias "Liverpul"da 3,5 yil o'ynadi. U 2022 yilning qishida "Portu"dan o'tgandi.

Dias Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi, futbolchi Lotin Amerikasi terma jamoasi safida 63 o'yin o'tkazib, 18 ta to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com