Rasman: "Liverpul" va Jo Gomes uzoq muddatli shartnoma imzolashdi

Administrator
7 iyul 2022
Jo Gomes yana uzoq vaqt "Liverpul" tarkibida harakat qiladi.

"Liverpul" o'z himoyachisi Jo Gomes bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolaganini ma'lum qildi. Shartnomaning aniq qancha muddatga tuzilgani ma'lum qilinmagan.

"Hozirda dunyoning eng kuchli klublaridan biridaman. Bu qarorni qabul qilishda ortiqcha o'ylab o'tirganim yo'q. 

Men o'zimni hali ham yosh his qilmoqdaman. Eng yuqori cho'qqimga endi chiqaman", -deydi Jo Gomes.

Ma'lumot uchun, Gomas 2015 yildan beri "Liverpul" safida harakat qiladi. 


AdministratorMuallif
Manba: www.liverpoolfc.com