Rasman: Korona - "Sevilya" futbolchisi

Alisher
14 yanv 2022, 15:50
"Sevilya" "Portu" yarim himoyachisi Xesus Koronaning xaridini e'lon qildi.

29 yoshli meksikalik futbolchi ispan klubi bilan 2024/25 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, transfer 3 million evro evaziga amalga oshdi.

Korona 2021/22 yilgi mavsum "Portu" tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es