Rasman: Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasini boshqaradi

Aslanov Jasurbek
12 may 2025, 20:36
Karlo Anchelotti endi terma jamoani boshqaradi.

Dushanba kuni (12 may) Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Ednaldo Rodriges Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida rasman e'lon qilindi. U Braziliyani 2026 yilgi Jahon chempionatigacha boshqaradi va joriy yilning iyun oyida Ekvador va Paragvayga qarshi Jahon chempionati saralash o'yinlarida braziliyaliklarni boshqaradi.  

"Karlo Anchelottini Braziliya terma jamoasiga jalb qilish – bu faqat strategik qadam emas. Bu bizning dunyoga eng yuqori cho'qqini qaytarib olishga qatiy bel bog'laganimiz haqidagi bayonotdir. U tarixdagi eng buyuk murabbiy va endi u sayyoramizning eng buyuk terma jamoasida ishlaydi. Biz birga Braziliya futbolining yangi shonli sahifalarini yozamiz," – dedi CBF prezidenti Ednaldo Rodriges.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/CBF_Futebol