Rasman: Joze Mourinyu - "Fenerbaxche" bosh murabbiyi

Alisher
2 iyun 2024, 12:55
"Real", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu turk klubida ish boshladi.

Bu haqda "Fenerbaxche" rasmiy sahifasi ma'lum qildi. 

"Mour Taym", - deb yozda turk klubi ijtimoiy tarmog'i.

Uning so'nggi ish joyi u 2021 yildan 2024 yilning yanvariga qadar ishlagan "Roma" bo'lgandi.

"Fenerbaxche" Turkiya chempionatining 2023/24 yilgi mavsumida 98 ochko bilan yetakchi "Galatasaroy"dan uch ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinni egalladi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fenerbahce.org